Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovdan Shavkat Mirziyoyev takroran o‘z nomzodini prezidentlikka qo‘yishi va bu boradagi qarori haqida davlat rahbari qachon e’lon qilishini so‘rashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, saylovoldi jarayoni iyul oxirida boshlanadi. «Kim, qachon o‘z nomzodini ilgari surishini bilish uchun iyul oxirigacha kutishimiz kerak», — dedi u.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Administratsiya xodimlari qatorida SOVID-19`ga qarshi emlanganini, jumladan, iyunning birinchi haftasida xitoy-o‘zbek vaksinasining ilk komponentini qabul qilganini ta’kidladi.
Martning so‘nggi kunlarida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Oliy maqomdagi uchrashuvlar chog‘ida iqtisodiyot, energetika, ta’lim va kadrlar tayyorlash, madaniyat, hududlararo hamkorlik, bandlik va mehnat munosabatlari sohalarida 10 dan ortiq kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda. Qolaversa, prezident Shavkat Mirziyoyev 31 mart kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) videoanjuman shaklida o‘tadigan norasmiy sammitida qatnashadi.
Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Sherzod Asadov prezident Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari — prezident matbuot kotibi etib tayinlandi.
Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati rahbari Nurgazi Anarkulov pora talab qilganlikda ayblanib, qo‘lga olindi. Ta’kidlanishicha, u bir shaxsga davlat yuqori lavozimiga tayinlanishini ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting